AQSH kosmosga Ukrainadagi urushning sifatli tasvirini olish uchun raketa jo‘natdi
Olam
−
02 iyul 2022 8429 1 daqiqa
Kecha, 1 iyul kuni Amerikaning “United Launch Alliance” kompaniyasi kosmosga yuqoridan Ukrainadagi jang maydonining yuqori sifatli tasvirini olish uchun ikkita sun’iy yo‘ldoshga ega Atlas V raketasini uchirdi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, “Energomash” (Roskosmosning bir qismi) tomonidan ishlab chiqilgan, Rossiyaning RD-180 dvigateli bilan jihozlangan raketa Kanaveral burnidagi (Florida) kosmodromdan AQSHning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 19:15 da uchirilgan.
Dastlab, raketani uchirish joriy yilning 30 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq bulutli va yaqinlashib kelayotgan momaqaldiroq tufayli jarayon bir kunga kechiktirilgan.
Raketa bortida ikkita qurilma mavjud bo‘lib, ulardan biri – WFOV sun’iy yo‘ldoshi infraqizil datchik bilan jihozlangan va AQSH harbiylariga jang maydonining yuqori sifatli tasvirini olishga imkon beradi.
USSF-12 Ring deb nomlangan ikkinchi qurilmaning maqsadi faqatgina kelajak texnologiyalarini namoyish qilish. Ikkala sun’iy yo‘ldosh ham ekvatordan taxminan 36 000 kilometr balandlikda geostatsionar orbitada bo‘ladi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral