AQSH kongressmenlari Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 avgust kuni kongressmenlar Trent Kelli va Derin Laxud ishtirokidagi AQSH delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Parlamentlar o‘rtasida faol almashinuvlarni hamda kongressmenlar vakillik qilayotgan Missisipi va Illinoys shtatlari bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Vladimir Norov, Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirok etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing