AQSH Kongressida Netanyaxuga qarshi yuzlab yahudiylar ishtirokida namoyish bo‘ldi
Olam
−
24 iyul
9552AQSH Kongressi binosida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Bildirilishicha, yuzlab yahudiy faollari Netanyaxu va Isroilning blokadadagi G‘azo sektoridagi hujumlariga qarshi norozilik bildirish uchun Kongress binolaridan birida to‘planishdi.
Namoyishchilar “Hoziroq o‘t ochishni to‘xtating” degan plakatlarni namoyish etdi va “G‘azo uchun hayot”, “Falastinga ozodlik” va “Genotsidni to‘xtating” kabi shiorlarni aytdi. Shuningdek, namoyish ishtirokchilari Isroilni qurollantirmaslikka va G‘azoda tezda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq minglab namoyishchilar Netanyaxuni AQSHga bormaslikka chaqirgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi