AQSH Kongressi Ukrainaga yordam berishda davom etishini ma’lum qildi
Olam
−
13 fevral 2023
4071AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol mamlakatning qonun chiqaruvchi organi shu hafta o‘zining bir guruh partiyadoshlari tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyaga qaramay, Ukrainaga yordam berish tugatilmasligini ta’kidladi. Bu haqda SBS telekanaliga tayanib, “Lenta.ru” xabar berdi.
“Biz bu masalani yana muhokama qilamiz, lekin Ukrainaga yordam berishni davom ettirishimizga ishonchim komil. Bu orqali Ukraina tezroq g‘alaba qozonishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi qo‘mita raisi.
Qayd etilishicha, Rossiya urush boshlaganidan beri AQSH Ukrainaga jami 110 milliard dollarlik yordam ko‘rsatib, Kiyev uchun eng yirik ta’minotchiga aylandi. Harbiy yordam ko‘rsatilishi tufayli Qo‘shma Shtatlar qurol-yarog‘ zahiralari sezilarli darajada qisqargan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 9 fevral kuni AQSHdagi Respublikachilar partiyasi a’zosi Mett Gets Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘xtatilishi kerakligini ta’kidlab, Amerikaning o‘zi tanazzul yoqasida turganini, agar soliq to‘lovchilarning pullari xorijiy mojaroga sarflansa, vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligini aytgan edi.
LiveBarchasi