AQSH Kongressi Trampning Eron urushi bo‘yicha vakolatlarini chekladi

Olam

image

AQSH Vakillar palatasi Prezident Donald Trampni Eron bilan mojaroni yakunlash yoki harbiy harakatlarni davom ettirish uchun Kongress roziligini olishga majbur qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Hujjat demokratlar va to‘rt nafar respublikachi kongressmenning qo‘llab-quvvatlashi bilan 215 ga 208 ovoz nisbatida ma’qullandi.

Ma’lum qilinishicha, 22 may kuni ushbu masalani ko‘rib chiqish respublikachilar pozitsiyasi sabab ortga surilgan edi. Biroq mojaroning cho‘zilishi va Tramp ma’muriyatining urushni tugatish borasida sezilarli natijaga erisha olmagani fonida partiya rahbariyati yetarli qo‘llab-quvvatlovni to‘play olmagan.

Endilikda rezolyutsiya Senat ko‘rib chiqishiga yuborilgan. Kutilishicha, yuqori palata hujjatni taxminan ikki yarim hafta ichida muhokama qiladi.

Shu bilan birga, hujjat har ikki palata tomonidan qabul qilingan taqdirda ham uning yakuniy kuchga kirishi masalasi ochiqligicha qolmoqda. Rezolyutsiya qonuniy kuchga ega bo‘lishi uchun Prezident Donald Tramp uni imzolashi yoki Kongress har ikki palatada uchdan ikki qism ovoz bilan prezident vetosini bekor qilishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Eronning neft portiga yo‘l olgan neft tankerini Hellfire raketasi bilan urib, harakatsiz holatga keltirgandi. AQSH tomoni “blokada choralari” Botsvana bayrog‘i ostida suzayotgan M/T Lexi tankeriga nisbatan qo‘llanganini bildirgan. Kema xalqaro suvlarda Xark oroli tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing