AQSH kompaniyasi Yer va Oyni internet bilan bog‘lamoqchi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Yaqinda tashkil etilgan Amerikaning “Aquarian Space” kompaniyasi Yer va Oy, keyinchalik Mars o‘rtasida yuqori tezlikdagi internet aloqasini o‘rnatmoqchi. Bu haqda Space.com portali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kompaniya rejani amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar uchun allaqachon 650 ming dollar topishga muvaffaq bo‘lgan.

“2021 yilda Oy va uning atrofida 13 ta qo‘nish apparati, sun’iy yo‘ldosh va rover bor edi. 2030 yilga borib ularning soni 200 ga yaqin bo‘ladi, bu esa ko‘p milliard dollarlik Oy iqtisodiyotini yaratadi. Biroq, bu Yer va Oy o‘rtasidagi ishonchli aloqasiz amalga oshmaydi”, deydi “Aquarian Space” rahbari Kelli Larson.

Kompaniya “Solnet “deb nomlangan sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini joylashtirishni rejalashtirmoqda, birinchisi 2024 yilda ishga tushiriladi. Taxminlarga ko‘ra, ular soniyasiga 100 megabit tezlikda ma’lumotlar uzatishni ta’minlay oladi. Space.com ta’kidlashicha, bu AQSHdagi o‘rtacha internet foydalanuvchisidan taxminan uch barobar tezroq.

Hozirda “Aquarian Space” loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqmoqda va uni NASA bilan odamni Oyga chiqarish va u yerda doimiy baza yaratish bo‘yicha ishlayotgan bir qator kompaniyalar, shuningdek, kelajakdagi Oyga qiziquvchi xalqaro firmalar bilan muhokama qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing