AQSH kompaniyasi Ukrainaga 1 dollarga dron sotmoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi General Atomics yadro texnologiyalari va mudofaa qurollarini ishlab chiqaruvchi kompaniya Ukrainaga 1 dollarga ikkita MQ-9 Reaper dronini sotib olishni taklif qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta Ukrainaning Vashingtondagi harbiy attashesiga kompaniya bosh direktori Linden Blyu ushbu taklifni bergan. 

Manbaga ko‘ra, dronlarni tayyorlash va ularni Ukrainaga jo‘natish taxminan 10 million dollarga tushadi, yillik texnik xizmat ko‘rsatish esa taxminan 8 million dollarga tushadi. Shuningdek, kelishuvga erishilgan taqdirda kompaniya dronlarni yerdan boshqarish stansiyasini ham yetkazib beradi. 

Gap eskirgan MQ-9A konfiguratsiyasidagi dronlarni yetkazib berish haqida ketmoqda. Ta’minot AQSH hukumati orqali emas, balki xususiy ravishda amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda. Biroq kelishuv har qanday holatda ham Bayden ma’muriyati tomonidan ma’qullanishi kerak.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing