AQSH Xitoyning koronavirusga oid maxfiy ma’lumotlarini topdi
Olam
−
06 avgust 2021
19739AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada 22 ming turdagi tadqiq qilingani haqidagi maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi.
CNN telekanalining ma’lum qilishicha, Xitoy rasmiylari ushbu ma’lumotlarni 2019 yilning sentyabrida barcha ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirib tashlagan bo‘lishiga qaramasdan amerikaliklar bu xabarlarni qayta tiklagan. Hozircha, razvedka xizmati buni qanday amalga oshirganini sir tutmoqda.
Qayd etilishicha, Xitoy tilidagi maxsus lug‘at bilan yozilgan ushbu ma’lumotlar tahlil qilinyapti. Chunki ular koronavirus Xitoy laboratoriyasidan chiqqanmi, degan savolga javob berishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Xitoyning Uxan virusologiya instituti laboratoriyasidan olingan namunalardan koronavirusning irsiy ma’lumotlarini aniqlash mumkin edi.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Pekin koronavirusning dastlabki holatlari haqidagi ma’lumotlarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSHga uzatishni rad etgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15