AQSH-Xitoy mojarosi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin – Guterrish

Olam

image

Xalqaro hamjamiyat oldida yaqin kelajakda hal qilinishi kerak bo‘lgan ikkita muhim masala bor. Ular - yangi koronavirusga qarshi vaksina yaratish va atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqarishni kamaytirish. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi oldidan bergan intervyusida gapirgan. 

"Muammolardan biri - biz hammaga foydali bo‘lgan vaksina va muolajalarni qo‘lga kirita olamizmi? Ma’lumki, turli davlatlar o‘z vaksinalarini yaratishyapti. Agar yagona samarali vaksina yaratilib, u butun insoniyat uchun foydali bo‘lsa, ana o‘shanda biz hamma savollarimizga javob topamiz", deydi Guterrish. 

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, 2020-2021 yillarda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ikkinchi mavzu – "iqlim o‘zgarishi muammosi". 

"Shaxsan o‘zim, 2050 yilgacha atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqarishni kamaytirishni maqsad qilgan juda faol kampaniyada ishtirok etaman", deydi u.

Guterrish, shuningdek, AQSH-Xitoy mojarosi yaqin kelajakda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Ilgari ikki qutbli dunyo mavjud edi. Keyin dunyo super kuchga ega bo‘lgan AQSH bilan bir qutbli bo‘lib qoldi. Endi vaziyat o‘zgarib, biz ko‘p qutbli dunyo tomon harakatlanishni boshladik, lekin dunyo hali ko‘p qutbli emas. Vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Hozir iqtisodiy qudrati jihatidan kuchli bo‘lgan ikki mamlakat mavjud. Ular o‘rtasidagi ziddiyatlar esa jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Aytmoqchimanki, xavf bor, ammo biz u bosqichga hali yetib bormadik. Biz hali ham vaziyatni oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada turibmiz. Yaqin ikki-uch yilda nimalar bo‘lishini kuzatishimiz kerak", deydi Guterrish. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, "xavf shundaki, ikki iqtisodiyot savdo-sotiqda o‘z qoidalariga ko‘ra harakat qilishadi, ikkita Internet, sun’iy intellektni yaratish bo‘yicha ikki xil strategiya, ikkita ustun valyuta yuzaga keladi". Natijada, qarama-qarshilik paydo bo‘lishi mumkin, bu esa jiddiy oqibatlarga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing