AQSH Xitoy kompaniyasini “Vagner”ga yordam berayotganlikda aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani masalalari bo‘yicha yordamchisi Deniyel Kritenbrink Xitoyning Spacety Co kompaniyasini Rossiyadagi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini jo‘natayotganlikda aybladi. U bu haqda AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasida o‘tkazilgan tinglovda aytib o‘tgan, deya xabar qildi “Reuters”.

“Qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalardan biri Spacety Co “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etdi”, deydi Davlat departamenti rahbari yordamchisi.

Kritenbrinkning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Ukrainada foydalanishi uchun Xitoy unga harbiy yordam ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib kelmoqda. 

“Men mamnuniyat bilan qayd etishim mumkinki, ittifoqchilar bu masala bo‘yicha bizning tashvishlarimizga sherik bo‘ladi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Ukrainaga minglab yollanma askarlarni safarbar etganlikda gumonlanayotgan Rossiyaning “Vagner” harbiy guruhini “transmilliy jinoiy tashkilot” deb e’lon qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing