AQSH Xarkovda xavfli biopreparatlarni sinovdan o‘tkazgan – Rossiya Mudofaa vazirligi
Olam
−
14 aprel 2022
200782019 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda amerikalik olimlar Xarkovdagi 3-sonli mintaqaviy klinik psixiatriya shifoxonasida bemorlarda potensial xavfli biologik preparatlarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillovga tayanib, xabar berdi.
“Ukraina hududida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 2019 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda Merefa (Xarkov viloyati) shahridagi laboratoriyada amerikalik olimlar potensial xavfli biologik preparatlarni Xarkovdagi 3-sonli mintaqaviy klinik psixiatriya shifoxonasi bemorlarida sinovdan o‘tkazgani aniqlandi”, deydi u.
Kirillovning so‘zlariga ko‘ra, eksperimentlar o‘tkazish uchun ruhiy nuqsoni bo‘lgan shaxslar yoshi, millati va immunitetiga qarab tanlab olingan.
“Maxsus blankalarda bemorlarning ahvolini kecha-yu kunduz monitoring qilish natijasi hisobga olindi. Ma’lumotlar shifoxona ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan, tibbiyot muassasasi xodimlari ma’lumotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolagan”, deydi Kirillov.
Uning qayd etishicha, 2022 yilning yanvar oyida Merefadagi laboratoriya faoliyati to‘xtatilgan, barcha jihozlar Ukraina g‘arbiga olib ketilgan.
“Bu g‘ayriinsoniy eksperimentlar bo‘yicha bir qator guvohlarning ko‘rsatmalari bor, biz ularning ismlarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida oshkor qila olmaymiz”, deydi Igor Krillov.
LiveBarchasi