AQSH xakerlarni yashirgan davlatlarni jazolovchi ittifoq tuzmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH kiberhujumlarga qarshi kurash strategiyasining bir qismi sifatida Vashington tomonidan xakerlarni yashiryapti, deb topilgan mamlakatlarni javobgarlikka tortish uchun xalqaro koalitsiya tuzmoqchi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

“AQSH hukumati bizning tarmoqlarimizni yanada yaxshiroq himoya qilish uchun tovlamachi viruslarga qarshi kurash bo‘yicha strategiya ustida ishlamoqda. Bu jarayon xususiy sektor bilan yaqindan ishlashni o‘z ichiga oladi”, deydi AQSH Davlat kotibi.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, tovlamachi viruslarning hujumlariga aloqadorlarni yashirayotgan davlatlarni javobgarlikka tortish uchun xalqaro koalitsiya tuziladi.

“AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan [16 iyun kuni Jenevada] bo‘ladigan uchrashuvda mamlakatlar xakerlarni yashirishda ishtirok etmasligi kerakligini aniq qilib bayon etadi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi boshida “DarkSide” guruhi xakerlari Amerikaning “Colonial Pipeline” quvur liniyasi tizimiga tajovuz qildi. Amerika razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, “DarkSide” Rossiya Federatsiyasi yoki Sharqiy Yevropa hududida joylashgan bo‘lishi mumkin, ammo qaysidir hukumat bilan hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘q. 

Bundan tashqari, joriy yil 31 may kuni Amerikaning JBS go‘shtni qayta ishlash kompaniyasining kompyuter tarmoqlariga hujum amalga oshirildi. Oq uy Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu hujum ortida, ehtimol Rossiyada joylashgan jinoiy tashkilot turibdi.

Bunga javoban, yuqoridagi bayonotlarni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “kulgili ayblov”, deb atadi hamda ularni 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv oldidan kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing