AQSH kelgusi mojarolar uchun ittifoqlar tuzyapti – Rossiya TIV
Olam
−
02 iyun 2022
8453Qo‘shma Shtatlar kelajakdagi mojarolarga tayyorgarlik ko‘rish uchun yangi mintaqaviy ittifoqlar tuzmoqda va Rossiya bunga har tomonlama qarshilik ko‘rsatadi. Bu haqda RF Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Grigoriy Mashkov BMTning Yadro, kimyoviy va biologik qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha qo‘mitasi ishidagi ishtiroki davomida ma’lum qildi.
“Hozir Qo‘shma Shtatlar turli mintaqaviy darajalarda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga monand ittifoqlar tuzmoqda. Global hukmronlik tizimini yaratish, AUKUS, AQSH-Yaponiya, AQSH-Janubiy Koreya ittifoqlari, bularning barchasi global muammolarini hal qilishning mintaqaviy sxemalari. [AQSH] ittifoqdoshlari bo‘lgan barcha mamlakatlarga qarang, ular o‘z ovozini yo‘qotdi. Yevropaliklar o‘zlarining mintaqaviy xavfsizligini yo‘q qilish uchun hamma narsani qildilar”, deydi diplomat.
Mashkovning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning hozirgi harakatlari kelgusidagi konfliktlar uchun o‘ziga xos tayyorgarlik.
“Bu Yaqin Sharq, raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish, Osiyo yo‘nalishida, Xitoyga qarshi ittifoq tuzish”, deydi siyosatchi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya bunga har qaysi holatda ham qarshilik ko‘rsatadi.
“Biz amerikaliklarga muammolarni yechib, dunyoda hukmini o‘tkazishiga qo‘ymaymiz. Biz o‘z milliy manfaatlarimizni diplomatik yo‘llar bilan himoya qilamiz”, degan u.
LiveBarchasi