AQSH qo‘shinlari yaqin kelajakda Suriyani tark etmaydi

Olam

image

AQSHning Suriya va ISHIDga qarshi koalitsiyaning maxsus vakili Jeyms Jeffrining ma’lum qilishicha, Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish niyatida emas. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

U o‘z bayonotini Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Misr va Iordaniya vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan tor doiradagi uchrashuvda aytib o‘tgan.

Uning ta’kidlashicha, Amerika Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni rejalashtirmayapti. Chunki minataqdagi vaziyat shuni taqazo etyapti. Garchi Suriya armiyasi chegaradgi aksari hududlarni o‘z nazoratiga olgan bo‘lsada, mamlakatdagi ayrim tumanlar jangarilar ixtiyorida qolmoqda.

“Biz yaqin kelajakda AQSH qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni rejalashtirmaganmiz”, deb ta’kidlagan Jeyms Jeffri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing