AQSHda qor ko‘chkisi sabab 9 nafar chang‘ichi bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Bugun, 18 fevral kuni AQSHning Kaliforniya shtatidagi Serra-Nevada tog‘lari hududida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida 9 nafar chang‘ichi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda BBS xabar berdi.

Hodisa Tahoe ko‘lining shimoli-g‘arbida, Kastle Peak hududida sodir bo‘lgan. Dastlab guruhda 16 kishi borligi aytilgan, biroq keyinchalik ularning soni 15 nafar ekani aniqlangan. 

Xabarlarga ko‘ra, kamida 6 kishi ko‘chkidan omon qolgan va favqulodda mayoqlar orqali qutqaruvchilar bilan aloqa o‘rnatgan. Ular vaqtinchalik boshpana qurib, yordam kelishini kutishgan. 9 nafar chang‘ichi esa bedarak yo‘qolgan.

Qutqaruv ishlari kuchli bo‘ron va yuqori qor ko‘chki xavfi sababli murakkab sharoitda olib borilmoqda. Rasmiylar hududda ko‘chki xavfi hanuz yuqori ekanini bildirgan.

Mutaxasislarning bildirishicha, 1000 metrdan yuqori hududlarda yaqin 48 soat ichida 2,4 metrgacha qor yog‘ishi, shamol tezligi esa soatiga 88 kilometrgacha kuchayishi mumkin. Kuchli ob-havo sharoiti sababli Tahoe ko‘li atrofidagi ayrim chang‘i kurortlari vaqtincha yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qor bo‘ronida qolib ketgan uch nafar o‘zbekistonlikni qutqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh FVV Kaliforniya Tahoe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing