AQSH Qobulga qo‘shimcha kuchlarini kirita boshladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qobuldagi elchixonasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga qo‘shimcha kuchlarni kirita boshladi. Ularning asosiy qismi hafta oxirigacha shaharga joylashtiriladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

"Biz bir kun oldin e’lon qilganimizdek, bugun qo‘shinlarimizni harakatga keltirdik. Ayni paytda dengiz korpusi batalonlaridan bir qismi Qobulda, qolgan kuchlar yaqin bir necha kun ichida yetib boradi", deydi AQSH Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi Jon Kirbi.

Ma’lum bo‘lishicha, Amerika o‘zining Afg‘onistondagi fuqarolarni, birinchi navbatda diplomatlarini mamlakatdan olib chiqmoqchi. Bu ishni osonlashtirish maqsadida, Qobul aeroportiga vaqtincha 3000 askarini joylashtirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Kanada va Buyuk Britaniya ham Qobuldagi elchixonasini himoya qilish uchun o‘zining maxsus kuchlarini Afg‘onistonga yubormoqchi edi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 


Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya, Avstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan. Hozirda “Tolibon” Afg‘onistonning 34 viloyat markazining 12 tasini nazorat qilmoqda.


Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing