AQSH qishki Olimpiadadan o‘z mavqei uchun foydalanmoqchi – OAV

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Milanda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlaridan mamlakatning xalqaro sport maydonidagi global yetakchi sifatidagi rolini targ‘ib qilish uchun foydalanishga umid qilmoqda. Bu haqda Davlat departamentining ichki memorandumiga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Nashr o‘rgangan hujjatga ko‘ra, AQSH rasmiylari “Qo‘shma Shtatlarni xalqaro sportda global yetakchi sifatida targ‘ib qilish” hamda “Amerikada sport o‘n yilligi”ni boshlab berishni maqsad qilgan.

Mazkur davr ichida AQSH bir qator yirik sport musobaqalariga mezbonlik qiladi: 2026 yilgi Jahon chempionati, 2028 yil Los-Anjeles yozgi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari, 2034 yil Solt-Leyk-Siti qishki Olimpiada.

Xabarga ko‘ra, Milandagi Qishki Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyuradigan AQSH delegatsiyasiga vitse-prezident Jey Di Vens boshchilik qilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, nashrning yozishicha, Vashingtonning hozirgi tashqi siyosiy yo‘nalishi AQSH va ayrim ittifoqchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar fonida musobaqalarning xalqaro siyosiy kontekstini murakkablashtirishi mumkin.

Shuningdek, Diplomatik xavfsizlik xizmati Olimpiada davomida Amerika fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Olimpiada mavqei

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing