AQSH Qirg‘izistondagi so‘z erkinligi uchun mablag‘ ajratadi
Olam
−
18 may 2021 3585 1 daqiqa
AQSH Davlat departamenti Qirg‘izistondagi “so‘z erkinligi va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash” dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratadi. Bu haqda “Lenta” tegishli grant tavsifiga asoslanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, grant doirasida AQSH ishtirokchilarga 10 dan 50 ming dollargacha pul taqdim etishi mumkin. Qirg‘izistondagi har qanday mustaqil ommaviy axborot vositalari, shuningdek, notijorat tashkilotlar mablag‘ olish uchun ariza berishlari mumkin.
Qayd etilishicha, grant dasturlari mamlakatda erkin va mustaqil jurnalistikani rivojlantirishga qaratilgan. Ular mustaqil va xolis ravishda xabar berish masalalarida Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarining “salohiyati va barqarorligini” oshirishga xizmat qilishi kerak.
Davlat departamentiga ko‘ra, Qirg‘izistonning media xizmatlari mintaqadagi “eng ochiq” xizmat hisoblanadi. Biroq, ularning aksariyatini o‘z-o‘zini senzuralash sababli butunlay mustaqil deb atab bo‘lmaydi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr