AQSH ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy qo‘mondonligi ISHID yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurayshiyning o‘ldirilganini tasdiqladi. Bu haqda Markaziy qo‘mondonlikning rasmiy saytida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, ISHID yetakchisini o‘ldirish operatsiyasi “Ozod Suriya” armiyasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan.

“Oktyabr oyi o‘rtalarida Abu al-Hasan al-Qurayshiyning o‘ldirilishi ISHIDga yana bir zarba bo‘ldi. Bu operatsiya Suriyaning Dar’a viloyatida “Ozod Suriya” armiyasi tomonidan o‘tkazilgan. ISHID mintaqa uchun tahdid bo‘lib qolmoqda. Bizning hamkorlarimiz ISHIDni barqaror mag‘lub etishga e’tibor qaratadi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq ISHID rahbari Abu al-Hasan al-Qurayshiyning o‘ldirilgani to‘g‘risida bir qator ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Abu al-Hasan al-Qurayshiy

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar