AQSH G‘azo sektoriga oziq-ovqat yetkazib bermoqchi

Olam

image

AQSH G‘azo sektorida oziq-ovqat yetkazib berish va taqsimlashning yangi sxemasi tez orada ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu haqda “Euro News” xabar berdi.

Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektori aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi rejani e’lon qilgan. AQSHning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi yangi sxema tez orada ishlay boshlashini aytgan.

Diplomatning bayonotiga ko‘ra, bu strategiya Isroilning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokini istisno qiladi.

“Garchi Isroil armiyasi harbiy xavfsizlikni ta’minlashda rol o‘ynasada, Isroil kuchlari oziq-ovqat taqsimotida yoki uni G‘azoga yetkazib berishda ishtirok etmaydi,” degan Xakabi.

Ma’lum qilinishicha, BMT insonparvarlik yordami “siyosiy bosim” vositasiga aylanishidan qo‘rqib, AQSHning loyihasida ishtirok etishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, gumanitar yordam G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berishdan boshqa hech narsaga bog‘liq bo‘lmaydi.

OAV xabariga ko‘ra, G‘azo sektorida yana taqchillik va oziq-ovqat narxlarining keskin o‘sishi kuzatilmoqda. 

Amerika rejasiga ko‘ra, yordamni yetkazib berish va taqsimlash na Isroilga, na BMTga bog‘liq bo‘ladi. Isroil harbiylari topshirish punktlarini qo‘riqlaydi, ammo butun logistika xususiy pudratchilar va nodavlat tashkilotlar qo‘lida to‘planadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyida Isroil va HAMAS Misr, Qatar hamda AQSH vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi. Biroq Isroil 18 mart kuni G‘azo sektoriga zarbalar berishni qayta boshladi. Ushbu qaror HAMAS Isroil asirlarini ozod qilishdan bir necha bor bosh tortgani va barcha takliflarni rad etgani sababli qabul qilingani bilan izohlandi. Qolaversa, shu kunga qadar Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 52 495 falastinlik halok bo‘ldi, 118 366 nafari yaralandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning qamali tufayli G‘azoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning 290 mingga yaqini o‘lim yoqasida qolayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh oziq-ovqat G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing