AQSH fond bozori inqirozga yuz tutmoqda – FT

Olam

image

AQSH fond bozorlari iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi qo‘rquvi ostida bir yarim yil ichidagi eng yomon haftani o‘tkazdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Nashr tahlilchilarning fikricha, bunga inqirozga ochiqchasiga tusha boshlagan Amerika iqtisodiyotining xavfli holati sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, jarayonga AQSHda prezident sayloviga oz qolgan vaqtda siyosiy beqarorlik qo‘rquvi ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublikachilar vaziyatdan saylov dastagi sifatida foydalanib, umumiy kayfiyatga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Ular sodir bo‘layotgan voqealarga “Kamolaning qulashi” deb nom bergan.

Ta’kidlanishicha, birja brokerlari demokratlardan nomzod Kamola Harrisning mahsulotlarga davlat narxlari nazoratini joriy etish kabi takliflaridan qo‘rqqan, bu esa AQSHda haqiqiy logistik betartiblikni keltirib chiqarmoqda.

Demokratlar, o‘z navbatida, barcha aybni respublikachilardan nomzod Donald Trampga yuklamoqda va uning radikalizmidan investorlar va tadbirkorlar qo‘rqqanini aytmoqda.

Manbaga ko‘ra, davlat byudjetida 2,5 trillion dollar yetishmovchilik bo‘lib turganda, uning qanday to‘ldirilishi noaniq. Byudjet inqirozi esa tez orada yanada yomonlashishi mumkin. Shu fonda respublikachilar yangi byudjetni tasdiqlashdan avval saylovlarda ovoz beradigan muhojirlar ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu vaziyatda ikkala raqobatchi tomon ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqiroz uchun javobgarlikdan qochishga harakat qilmoqda. Biroq demokratlar hokimiyat tepasida bo‘lganligi uchun bu vaziyatga ko‘proq javobgar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kamola Harris fond bozor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made