AQSH F-16 uchun Ukrainaga qurol yuboradi – WSJ
Olam
−
30 iyul 2024 5099 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘nlab F-16 qiruvchi samolyotlari uchun qurol-yarog‘ yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘nlab F-16 qiruvchi samolyotlarini “AQSHda ishlab chiqarilgan raketalar va boshqa ilg‘or qurollar” bilan qurollantirishga rozi bo‘lgan. Qayd etilishicha, Vashington F-16’ni havo-havo raketalari bilan jihozlaydi.
AQSH, shuningdek, Kiyevni AGM-88 HARM havo-yerga qarshi radar raketalari, AIM-120C-8 AMRAAM va AIM-9X havo-havo raketalari bilan qurollantirishni rejalashtirmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, yetkazib berish sanalari noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukraina uchun umumiy qiymati 1,7 milliard dollarga yetadigan ikkita qurol paketini tayyorlagani e’lon qilingandi.
Live
Barchasi