AQSH Eronga yadroviy dastur bo‘yicha qo‘l uzatmoqchi
Olam
−
25 Oktabr 2022
6510Vashington Tehronni Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini tiklash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyorligi haqida xabardor qildi. Bu haqda bugun, 25 oktyabr kuni Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslamiy ma’lum qildi.
"Uch-to‘rt kun oldin amerikaliklar Eronga Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”, deya Eslamiyning so‘zlarini keltiradi IRNA agentligi.
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays o‘tgan hafta Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini tiklash hozirda AQSH ma’muriyatining diqqat markazida emasligini, chunki tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar juda katta ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSH Eron rahbariyatini o‘z mamlakatidagi tinch namoyishchilarga qanday munosabatda bo‘lgani uchun javobgarlikka tortishga va bu namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratgan.
Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini Eron va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari: Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lmagan Germaniya guruhi imzolagan. U Tehronga qarshi sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlashni, shu jumladan uning neft va neft mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha barcha taqiqlarni, mamlakat yadroviy dasturining eksklyuziv fuqarolik xarakterini ta’minlash choralarini ko‘rishni nazarda tutgan. 2018 yilda Qo‘shma Shtatlar QKQHRdan chiqdi va uning amalga oshirilishini butunlay to‘sib qo‘ydi. 2021 yildan buyon kelishuvni qayta tiklashga bir qancha urinishlar bo‘lib, hali natija bermadi.
LiveBarchasi