AQSH Eronga qarshi “Iqtisodiy yakkalash” operatsiyasini boshladi
Olam
−
11:06 731 2 daqiqa
AQSH Eron hukumatining barcha daromad manbalarini yangi sanksiyalar doirasida to‘sishni rejalashtirmoqda. Mamlakat Moliya vaziri Skott Bessent “Iqtisodiy yakkalash” operatsiyasi boshlanganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Moliya vazirligi va boshqa idoralari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan barcha potensial daromad manbalarini to‘sishga qaratilgan choralarni boshlagan.
“Biz mablag‘larning sanksiyalarni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan yondashuvga amal qilamiz”, degan Bessent.
Vazirning ta’kidlashicha, Eron hozir “yaqqol tanlov” oldida turibdi. Unga ko‘ra, mamlakatni xalqaro miqyosda to‘liq izolyatsiya qilish va iqtisodiyotni yashash minimumini ta’minlaydigan darajaga tushirish yoki normal hayotga qaytib, jahon iqtisodiyotiga qayta integratsiyalashish imkoniyati mavjud.
“Bugun biz Eron rejimini boshqa barcha imkoniyatlardan mahrum qilish uchun “Iqtisodiy quvg‘indi” operatsiyasini boshlayapmiz”, degan AQSH Moliya vaziri.
Bessent, shuningdek, AQSH yangi Eron sanksiyalarini uchinchi davlatlarga nisbatan ham qo‘llashga tayyorligini bildirgan.
Uning aytishicha, AQSH sanksiyalari doirasidan hech kim chetda qolmaydi. Agar biror davlat yoki kompaniya Eron bilan bog‘liq tranzaksiyalarga yordam bersa yoki Eron neftini pulga aylantirish tizimining bir qismi bo‘lsa, u ham sanksiyalar nishoniga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vaziri Skott Bessent mamlakat Eronga qarshi “tarixdagi eng qattiq sanksiyalar”ni joriy etishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi