AQSH Eronga beshta shart qo‘ydi
Olam
−
18 may 7359 2 daqiqa
AQSH Eronga tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan 5 ta talabdan iborat ro‘yxatni topshirdi. Bu haqda “Fars News Agency” xabar berdi.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, AQSH quyidagi shartlarni ilgari surgan:
- Vashington urush oqibatida yetkazilgan zarar uchun Eronga hech qanday kompensatsiya to‘lamaydi;
- Eron 400 kilogramm boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib, AQSHga topshirishi kerak;
- Mamlakatda faqat bitta ishlayotgan yadroviy majmua qoldirilishi lozim;
- AQSH muzlatilgan Eron aktivlarining ko‘pi bilan 25 foizini ozod qiladi.
Barcha frontlarda, jumladan Livandagi urushni to‘xtatish faqat muzokaralar jarayonida amalga oshirilishi mumkin.
Nashr keltirgan ekspertlar fikricha, AQSH bu orqali muammoni hal qilish emas, balki urush vaqtida erisha olmagan maqsadlarini muzokara orqali amalga oshirishga urinmoqda.
Bundan avval Eron ham muzokaralarni qayta tiklash uchun AQSHga 5 ta talabni bajarishini ilgari surgan edi. Ular quyidagilardan iborat:
- barcha frontlarda, ayniqsa Livanda urushni to‘xtatish;
- Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish;
- muzlatilgan Eron aktivlarini ozod qilish;
- urush oqibatidagi zararni qoplash;
- Hormuz bo‘g‘ozi ustidan Eron suverenitetini tan olish.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa, Eronning takliflarini “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atagan.
Hozircha AQSH va Eron o‘rtasida aprel oyi boshida tuzilgan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilmoqda. Biroq tomonlar vaqti-vaqti bilan bir-biriga zarbalar berishda davom etyapti.
Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroil kelgusi haftadayoq Eronga qarshi aprel oyida sulh e’lon qilinganidan keyin to‘xtatib qo‘yilgan harbiy operatsiyani qayta boshlashga faol tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi