AQSH Eron Rossiyaga dron bermasligi uchun qo‘lidan kelganini qilmoqchi

Olam

image

AQSH Eronning zararli harakatlariga, jumladan, Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarini yetkazib berishga qarshi turish uchun sanksiyalar va boshqa iqtisodiy choralar doirasidan tashqariga chiqadigan vositalardan foydalanishga tayyor. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays kecha, 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi. 

“Biz Eron dron texnologiyalarining xavfiga diqqat qaratgan edik va hozir ham qaratganmiz”, deydi u.

Ned Prays Eron uchuvchisiz uchoqlari Suriya, Iroqda allaqachon Vashingtonning Yaqin Sharqdagi sheriklariga qarshi ishlatilganini, endi esa bu Rossiya tomonidan Ukrainada qo‘llanilganini qo‘shimcha qilgan.

“Biz Erondan butun dunyo mamlakatlari va tashkilotlariga ushbu texnologiya oqimini to‘xtatish va qarshi turish uchun o‘z manfaatimizga mos keladigan barcha narsani qilamiz”, deydi Prays qanday choralar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmay.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing