AQSH Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralarga qaytishi mumkin

Olam

image

Eron bo‘yicha yadroviy kelishuvda ishtirok etadigan mamlakatlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining kelishuvga qaytishiga ko‘maklashish niyatida ekanliklarini e’lon qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosiy bayonotida aytilgan.

Yadro shartnomasi bo‘yicha muzokaralar kelasi hafta Venada bo‘lib o‘tadi. Unda kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha choralar, shu jumladan “sanksiyalarni bekor qilish va yadroviy majburiyatlarni bajarish” belgilanishi kerak.

“Shu munosabat bilan koordinator Venada Birgalikda umumiy harakatlar rejasining barcha ishtirokchilari va AQSH bilan individual aloqalarni kuchaytiradi”, deb aytdi Yevropa Ittifoqining tashqi xizmati.

Qo‘shma Shtatlar Venadagi muzokaralarda vositachilar orqali ishtirok etish rejalarini tasdiqladi. 

“AQSH Davlat departamenti hozircha Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga umid bog‘lamaydi, ammo bu imkoniyatga ochiq bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Eron Birgalikda umumiy harakatlar rejasini 2015 yilda imzolagan. Shartnomaga binoan, mamlakatlar Tehron yadro qurolidan voz kechishi evaziga unga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing