AQSH Eron bilan bog‘liq 13 ta kemani yo‘q qildi

Olam

−

image

AQSH Qurolli kuchlari so‘nggi 12 hafta ichida Eronga nisbatan joriy etilgan dengiz blokadasini buzishga uringan yoki Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan bog‘liq bo‘lgan 13 ta tijorat kemasini yo‘q qilgan. Bu haqda joriy yilning 5 oktyabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi.

“5 oktyabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi kuchlari Eronga nisbatan davom etayotgan dengiz blokadasini qat’iy ta’minlash doirasida Yaqin Sharqdagi 130 ta tijorat kemasining yo‘nalishini o‘zgartirdi”, deyiladi bayonotda.

CENTCOM kuchlari Oliy Bosh qo‘mondon ko‘rsatmasiga binoan joriy yilning 14 iyul kuni Eron portlariga kirishga yoki ulardan chiqishga urinayotgan kemalarga qarshi blokadani qayta tiklagan. 130 ta kemaning yo‘nalishini o‘zgartirishdan tashqari, Amerika kuchlari boykotga bo‘ysunishdan bosh tortgan uchta kemani ishdan chiqargan.

“AQSH harbiylari ushbu missiyaga qat’iy e’tibor qaratmoqda. Biz blokadani buzishga urinayotgan har qanday kemaga qarshi tezkorlik bilan chora ko‘ramiz. Kuchlarimiz yuqori darajada tayyorlangan, professional va halokatli kuchga ega”, degan CENTCOM qo‘mondoni admiral Bred Kuper.

Shuningdek, bayonotda barcha dengizchilarga Ummon ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘oziga yaqinlashayotganda “Dengizchilarga ogohlantirish” ko‘rsatmalarini kuzatib borish va AQSH dengiz kuchlari bilan bog‘lanish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qora dengizda dron zarbasiga uchragan Turkiyaning “Royad Mammadov” kemasi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing