AQSH eng qashshoq davlatlarga 150 million dollar ajratdi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Nigerga tashrifi chog‘ida Afrikaning Sahel mintaqasi uchun yangi gumanitar yordam sifatida 150 million dollar ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda “The East African” nashri xabar berdi.

“Qo‘shma Shtatlar Niger va butun Saheldagi zaif aholini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollarga yaqin gumanitar yordam ko‘rsatishdan faxrlanadi”, deydi Entoni Blinken.

Mablag‘lar dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri bo‘lgan Niger va oziq-ovqat inqirozi hamda qurolli to‘qnashuvlardan zarar ko‘rgan boshqa Sahel davlatlariga yo‘naltiriladi.

“Qo‘shma Shtatlar Nigerning rivojlanish sohasidagi, shuningdek, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikdagi asosiy sheriklaridan biridir”, deydi Niger tashqi ishlar vaziri Hassumi Massudu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning harbiy hamkorlikdagi hissasi Nigeriya qurolli kuchlarining samarador bo‘lishiga imkon beradi.

Blinkenning tashrifi AQSH Vitse-prezidenti Kamola Xarrisdan oldin bo‘lib o‘tdi. Xarris joriy yilning 20 mart kuni Gana, Tanzaniya va Zambiya davlatlariga borishi kutilmoqda.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing