AQSH elchisi QALAMPIR.UZ tahririyatiga keldi
Jamiyat
−
06 aprel 2023
6490AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bugun, 6 aprel kuni QALAMPIR.UZ tahririyatiga keldi va nashr jurnalistlari bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Elchixona vakillari va QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Shayxov, Bosh muharrir o‘rinbosari Feruza Najmiddinova hamda jurnalist Hulkar Murtazoyeva ishtirok etdi.
Qamariddin Shayxov AQSH elchisiga QALAMPIR.UZ nashri, tarixi, bugungi faoliyati, jurnalistlari, doimiy yoritib boriladigan mavzular haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar mamlakatdagi so‘z erkinligi, inson huquqlari, jurnalistlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, O‘zbekiston-AQSH munosabatlarida matbuotning tutgan o‘rni haqida fikr yuritdi.
QALAMPIR.UZ jurnalistlarining AQSHga amalga oshirgan tashrifi va kelgusi tashrif rejalari, aprel oyida kutilayotgan tashrif va istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xenik, o‘z navbatida AQSH elchixonasi QALAMPIR.UZ bilan hamkorlikka ochiqligini bildirdi.
An’anaga ko‘ra, elchi QALAMPIR.UZ tahririyatida o‘z barmoq izlarini qoldirdi. U tinchlik va barqarorlik ramzi sifatida yashil rangni tanladi.
Muloqot so‘ngida AQSH elchisi Jonatan Xenik QALAMPIR.UZ uchun eksklyuziv intervyu berdi. Ushbu intervyuni tez orada YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
E’tiborli jihati shundaki, Jonatan Xenik O‘zbekistonda ish boshlaganidan buyon ilk bor O‘zbekiston ommaviy axborot vositalariga intervyu bermoqda va u QALAMPIR'ni tanladi.
LiveBarchasi