AQSH elchisi QALAMPIR.UZ tahririyatida mehmon bo‘ldi

Jamiyat

image

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum va elchining xalq diplomatiyasi bo‘yicha maslahatchisi Anastasiya Kolivas QALAMPIR.UZ tahririyatiga tashrif buyurdi.

Janob Rozenblyum tahririyatning yangi binosi bilan tanishdi. Bu yerda jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. Tahririyat jamoasi bilan suhbatda QALAMPIR.UZ misolida Yangi O‘zbekistonning yangilanib borayotgan ommaviy axborot vositalarini ko‘rishini ma’lum qildi.

O‘z navbatida QALAMPIR.UZ asoschisi - jurnalist Qamariddin Shayxov sayt faoliyati, jurnalist kadrlarga qo‘yilgan talablar, xalqaro mavzularni yoritishdagi tajriba va so‘z va matbuot erkinligining amaldagi ifodasi xususida ma’lumot berdi.

Suhbatda O‘zbekiston va dunyodagi media muhit, so‘z va matbuot erkinligi, senzura, jurnalistlarga nisbatan bosim va tahdidlar, OAV faoliyatiga to‘sqinlikka nisbatan qonuniy javobgarlikni belgilash va bu masalada ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi, inson huquqlari masalalari muhokama qilindi.

Janob Rozenblyum o‘z so‘zida AQSH va O‘zbekiston munosabatlarida OAVga yaratib berilgan sharoit, mamlakatdagi so‘z va matbuot erkinligi muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing