AQSH elchisi Lavrovning yadro mojarosi haqida aytganlarini “shantaj”ga tenglashtirdi

Olam

image

AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yadro urushiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi so‘zlarini tanqid qildi. Amerikalik diplomat kecha, 28 aprel kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Biz yadroviy shantajga berilmaymiz, lekin yadro qurolini pesh qilish va yadro [mojarosi] yoqasida muvozanat saqlashga ham toqat qilmaymiz”, degan Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga izoh berish so‘ralganda.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “yadroviy qurollar bo‘yicha mas’uliyatsiz polemikaga aralashishni” rejalashtirmayapti. Qo‘shma Shtatlar “AQSHga qarshi yadroviy tajovuzni qaytarishga tayyor”, deya qo‘shimcha qilgan elchi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Birinchi kanaldagi “Katta o‘yin” dasturiga bergan intervyusida yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashining “beshlik” doimiy a’zolari yadro urushiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida bayonot berganini eslatgandi.

“Bu bizning prinsipial pozitsiyamiz, biz shundan kelib chiqamiz. Albatta, men hozir xavf-xatarlar juda salmoqli bo‘lgan paytda, bu xavflarning sun’iy ravishda oshirib yuborilishini istamagan bo‘lardim. Ularni xohlaydiganlar ko‘p. Xavf jiddiy, bu haqiqat, uni payqamaslik ilojsiz”, degan TIV rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing