AQSH dushmanlari harbiy mashg‘ulotlarni yakunladi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Arab dengizida Rossiya, Xitoy va Eronning uch tomonlama harbiy-dengiz mashqlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi

“Bugun Eron Islom Respublikasining Chobahor porti yaqinidagi Arabiston dengizida Rossiya harbiy-dengiz floti, Xitoy va Eron Islom Respublikasi dengiz kuchlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi”, deyiladi xabarda.

16-17 mart kunlari o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari tomonidan belgilangan hududda harbiy kemalarning millatlararo otryadini shakllantirish bo‘yicha ishlar ishlab chiqilgan va jangovar qo‘shinlar qo‘shma taktik manyovrlar amalga oshirgan.

Shuningdek, qo‘shinlar tomonidan artilleriyadan otish, asirga olingan kemani garovga olinganlar bilan ozod qilish, dengizda halokatga uchragan kemaga yordam ko‘rsatish kabi mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing