AQSH dunyoda birinchi bo‘lib Xitoyni uyg‘ur genotsidida aybladi
Olam
−
20 yanvar 2021
8581AQSH rasmiylari Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi uyg‘urlarga qarshi harakatlarini genotsid va insoniyatga qarshi jinoyat, deb hisoblamoqda. Bu haqdagi bayonot kecha, 19 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo tomonidan taqdim qilingan.
“Mavjud faktlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, men hech bo‘lmaganda 2017 yil mart oyida XXR Xitoy Kommunistik partiyasi rahbarligi hamda nazorati ostida Shinjonda uyg‘urlar va boshqa etnik, diniy ozchiliklarning vakillariga qarshi insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldim”, deydi Pompeo.
Xitoy Hukumati ilgari Vashingtonning Shinjonda mahalliy aholi huquqlari va erkinliklari buzilgani haqidagi da’volarini bir necha bor rad etgan.
“Bundan tashqari, men Xitoy [u yerda] genotsid amalga oshirgan, degan xulosaga keldim. Menimcha, bu genotsid davom etmoqda va biz uyg‘urlarni yo‘q qilishga qaratilgan muntazam urinishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz”, deydi AQSH Davlat kotibi.
Pompeoning bayonoti Vashingtonda ma’muriyat almashishidan bir kun oldin tarqatilgan. Bugun, 20 yanvar kuni Amerika poytaxtida saylangan Jozef Baydenning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi