AQSH dunyo mamlakatlarini maymunchechakka qarshi bir yoqadan bosh chiqarishga chaqiryapti

Salomatlik

image

AQSH ma’muriyati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maymunchechak epidemiyasini jamoat salomatligi uchun favqulodda holat deb e’lon qilganidan kelib chiqib, virus tarqalishini nazorat qilish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan kelishilgan harakatlar zarurligini ta’kidlamoqda. Bu bo‘yicha Oq uyning pandemiya masalalari bo‘yicha koordinatori Raj Panjobiyning tegishli bayonoti e’lon qilindi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSSTning bu qadami jahon hamjamiyatini ushbu virus tarqalishini to‘xtatish uchun harakatga chaqirishdir. 

“Maymunchechak tarqalishini to‘xtatish, infeksiyaga eng zaif hududlarni himoya qilish va hozirgi epidemiyani nazorat qilish uchun muvofiqlashtirilgan xalqaro harakatlar zarur", deydi u.

AQSH ma’muriyati rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati avvalroq maymunchechak kasalligiga qarshi kurash strategiyasini ma’qullagan. Bu, xususan, vaksinalarni sotib olish va ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, ularni butun mamlakat bo‘ylab tarqatishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, Vashington jamoatchilikka maymunchechakni tekshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etish va ko‘proq tushuntirish ishlarini olib borish niyatida. 

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiBosh direktori Tedros Adanom Gebreisus kecha boshida maymunchechak epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik jamoat salomatligi favqulodda holat deb e’lon qildi. Tashkilot rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda 75 ta davlat va hududlarda 16 mingdan ortiq infeksiya holatlari qayd etilgan va besh kishi vafot etgan. 

Ma’lumot uchun, maymunchechak kamdan-kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan tropik o‘rmonlar yaqinida joylashgan markaziy va g‘arbiy Afrikaning chekka hududlarida kuzatiladi. Ushbu kasallikni hayvonlardan odamlarga yuqtirishning birinchi holati 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasi hududida qayd etilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus odamlarga kemiruvchilar va primatlar kabi yovvoyi hayvonlardan yuqadi va uning odamdan odamga yuqishi orqali ikkilamchi tarqalishi cheklangan. Odatda, maymunchechak epidemiyasi uchun o‘lim darajasi 1% dan 10% gacha. O‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi. Maymunchechakka qarshi maxsus emlash mavjud emas, ammo chechakka qarshi emlash bu kasallikdan 85% darajada himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manmunchechak

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar