AQSH dollarining prototipi 840 ming dollarga sotildi 

Bu qiziq

image

1794 yilda AQSH zarbxonasi tomonidan zarb qilingan va birinchi Amerika dollarining prototipiga aylangan kichik mis tanga kimoshdi savdosida 840 ming dollarga sotildi. Bu haqda Heritage auksion uyiga asoslanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, savdo 312 ming dollardan boshlangan, ammo bir daqiqadan kamroq vaqt ichida 840 ming dollarga yetgan. 

Tanga avval tadbirkor Bob Simpsonga tegishli bo‘lgan. 

U Filadelfiya zarbxonasi tomonidan zarb qilingan kumush dollarlarga biroz o‘xshaydi, ammo ulardan yulduzlari yo‘qligi bilan ajralib turadi. 

Yulduzlarsiz bunday tangalar numizmatik noyob topilma hisoblanadi. 

U 1876 yilgacha bo‘lgan davrda Filadelfiya zarbxonasida qurilish ishlari ketayotgan paytda topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing