AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor 39 trln dollardan oshdi
Olam
−
17:36 908 1 daqiqa
AQSH davlat qarzi tarixda birinchi marta 39 trillion dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi materiallarida keltirilgan.
Qayd etilishicha, kecha, 18 mart holatiga ko‘ra, AQSHning jami qarz majburiyatlari hajmi taxminan 39,03 trillion dollarni tashkil etgan. Mamlakatning har bir rezidentiga to‘g‘ri keladigan qarz miqdori 114,1 ming dollardan oshib, rekord darajaga yetgan.
Ekspertlarning eslatishicha, AQSH davlat qarzi 38 trillion dollarlik dovondan o‘tgan yilning oktyabr oyidayoq o‘tgan edi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, ushbu o‘n yillikning oxiriga borib bu ko‘rsatkich mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YAIM) 143,4 foiziga yetadi.
Davlat qarzi hajmini kamaytirish AQSH Prezidenti Donald Tramp saylovoldi dasturining asosiy bandlaridan biri edi. Biroq uning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri bu ko‘rsatkich rekord darajada tez o‘sa boshladi. Donald Tramp ikkinchi prezidentligining birinchi yili yakunlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning qarz majburiyatlari hajmi 2,25 trillion dollarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, global moliyaviy sharoitlarning yumshashi, AQSH dollarining zaiflashishi va asosiy markaziy banklarning murosali siyosati tufayli 2025 yilning ikkinchi choragi oxirida jahon qarzi rekord darajaga – 337,7 trillion dollarga chiqqandi.
Live
Barchasi