AQSH da kuchli bo‘ron 35 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 25 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari qamrab olgan qor bo‘roni qurbonlari soni 34 kishiga yetdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi. 

Qurbonlarning 12 nafari Nyu-York shtatidaekani aytilmoqda. 

“Men ob-havo qanchalik xavfli ekanligini ortiqcha baholay olmayman”, deydi gubernator Keti Xokul.  

U jurnalistlarga Bayden ma’muriyati shtatning tabiiy ofatlarni federal deklaratsiya qilish haqidagi iltimosini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. 

"Bu Buffalodagi eng halokatli bo‘ron sifatida tarixga kiradi", deydi Xokul.  

Yakshanba kuni AQSHning Sharqiy qirg‘og‘i, Texas va Vashington shtatlarida 200 mingdan ortiq uy va korxona elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi. PowerOutage.us ma’lumotlariga ko‘ra,  bir kun avval shanba kuni 1,8 million odam elektrsiz qolgan. Rasmiylarning aytishicha, Buffaloda yakshanba kuni aholining 16 foizi elektrsiz qolgan. 

Dam olish kunlarida AQSHda 5000 dan ortiq reyslar bekor qilindi. 

Ushbu haftada Qo‘shma Shtatlarning katta qismi sovuq, kuchli shamol va qor yog‘ishi shaklida yomon ob-havoga duch keldi. Ko‘pgina shtatlarda havo harorati deyarli rekord darajaga tushib ketdi. Kuchli ob-havo ogohlantirishlari mamlakatning markaziy va sharqiy qismlarida taxminan 175 million amerikaliklarga ta’sir ko‘rsatdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made