AQSH boshchiligidagi davlatlar Rossiya va Shimoliy Koreyaga qarshi chora ko‘radi

Olam

image

AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya birgalikda Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ehtimoliy qurol-yarog‘ bitimiga qarshi chora ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Tegishli bayonot Nyu-Yorkda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Pak Chin va uning amerikalik va yaponiyalik mavqedoshlari Entoni Blinken va Yoko Kamikava o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan.

Uchrashuvda vazirlar KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi va uning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi, xususan, Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi qurol-yarog‘ bo‘yicha ehtimoliy kelishuvi mavzusini muhokama qilgan.

Uchta tashqi ishlar idoralari rahbarlari Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikdan chuqur xavotirda ekanligini bildirib, "avtokratik" davlatlar o‘rtasidagi qurol-yarog‘ kelishuvi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga kelib, Prezident Putin bilan uchrashgan va mamlakatdagi bir qancha harbiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirgandi. 20 sentyabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi so‘nggi aloqalar hamda ehtimoliy hamkorlik yuzasidan dunyo yetakchilarini ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing