AQSH BMTni Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari bir qator ballistik raketa uchirishlari uchun Shimoliy Koreyaga qarshi Birlashgan Millatlar Tashkiloti orqali yangi cheklov choralarini kiritishni taklif qildi. Bu haqda mamlakatning Jahon tashkilotidagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ma’lum qildi.

“AQSH Shimoliy Koreyaning 2021 yilning sentyabridan beri har biri BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda amalga oshirilgan oltita ballistik raketa uchirilishiga javoban BMT sanksiyalarini taklif qilmoqda”, deb yozgan Linda Tomas-Grinfild o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Kecha, 12 yanvar kuni BMT Bosh kotibining Matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Koreya yarimorolidagi vaziyat yomonlashishi mumkinligini ta’kidladi.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 yanvar kuni soat 07:27 da KXDRning ichki qismidan Yapon dengizi yo‘nalishi bo‘yicha ballistik raketa uchirilgan. 

10 yanvar kuni G‘arb davlatlarining iltimosiga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi Pxenyanning 5 yanvar kuni gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing