AQSH ayrim davlatlarni dollardan mahrum qilishi mumkin
Olam
−
11:12 1910 1 daqiqa
AQSHning Eronga qarshi yangi sanksiyalariga rioya qilmaydigan davlatlar Amerika dollaridan foydalanish imkonidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH Moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning yangi sanksiyalariga amal qilmaydigan davlatlar amalda dollar tizimidan chiqarilishi mumkin.
Bessent AQSHning Eronga qarshi yangi sektor sanksiyalari qachondan kuchga kirishini aniq aytishdan bosh tortgan. Unga ko‘ra, AQSH ma’muriyati sanksiyalarni joriy etishni biroz kechiktirishga tayyor.
“Men nega jahon moliya tizimini portlatishni istashim kerak?” degan Bessent.
Uning ta’kidlashicha, boshqa davlatlar jarayon juda tez rivojlanishini va Vashingtonning bu boradagi pozitsiyasi jiddiy ekanini bilishi kerak. Vazir ikkilamchi sanksiyalarni “juda kuchli vosita” deb atagan.
“Biz oldindan ogohlantirish va Vashingtonning nimalarni kutayotganini tushuntirishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Agar odamlar bizning talablarimizga javob berishni istamasa, unda ular dollar tizimidan chiqib ketishga tayyor bo‘lishlari kerak”, degan AQSH Moliya vaziri.
Bessent sanksiyalarga rioya qilmaydigan davlatlarga nisbatan aynan qanday choralar qo‘llanilishini oshkor qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Eron hukumatining barcha daromad manbalarini yangi sanksiyalar orqali to‘sishga qaratilgan “Iqtisodiy yakkalash” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi