AQSH aql o‘rgatguncha, o‘zining yadro siyosati bilan shug‘ullansin – Rossiya

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlarning xavfsizligi va manfaatlarini hisobga olmasdan harakat qilishda davom etmoqda, bu esa yadroviy xavflarning kuchayishiga olib keladi. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Telegram-kanalida xabar qildi.

“Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlarning xavfsizligi va manfaatlarini hisobga olmasdan harakat qilishda davom etmoqda, bu esa yadroviy xavflarning oshishiga hissa qo‘shmoqda. Ukraina inqirozi kontekstida Rossiya bilan gibrid qarama-qarshilikni davom ettirish bo‘yicha Amerikaning qadamlari oldindan aytib bo‘lmaydigan keskinlashuv va yadroviy kuchlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvi bilan to‘la", deya ogohlantirgan rossiyalik diplomatlar. 

Qayd etilishicha, bu Vashingtonning o‘n yillar davomida qurol nazorati va qurollarni tarqatmaslik tizimini ataylab qulashi kontekstida sodir bo‘lmoqda. 

“Qo‘shma Shtatlarning O‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan bir tomonlama chiqishi va Ochiq osmon shartnomasida ishtirok etishdan voz kechishi shaffoflik va yadroviy qurollarni nazorat qilish rejimlariga jiddiy zarba bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qilgan diplomatlar.

Shuningdek, elchixona (AQSH) ma’muriyatining Rossiyaning harakatlari go‘yoki mas’uliyatli yadroviy davlat maqomiga to‘g‘ri kelmasligi haqidagi keng qamrovli ritorikasini payqaganini ta’kidlagan.

“Mamlakatimiz yadroviy davlat sifatida o‘z majburiyatlarini vijdonan bajarmoqda va yadroviy xavflarni kamaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda. Rossiya tashabbusi bilan ikki tomonlama darajada va “Beshlik” formatida yadro urushiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi tamoyili yana bir bor tasdiqlangan.

SHQQCH shartnomasi (Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma – tahr.) maksimal besh yil muddatga uzaytirildi. Strategik barqarorlik bo‘yicha Vashington tomonidan joriy yilning fevral oyida “muzlatib qo‘yilishi” oldidan muvaffaqiyatli rivojlanib kelgan muloqot qayta tiklandi. 

Shu fonda ayniqsa, 1945 yilda Xirosima va Nagasakida tinch aholini atom bombasiga uchratgan mamlakatdan mas’uliyatsizlikka oid bunday ayblovlarni eshitish g‘alati”, deydi diplomatlar.

Shu bilan birga, Rossiya elchixonasi Vashingtonga, dunyo tartibi haqidagi qarashlari AQSHniki bilan to‘g‘ri kelmaydigan davlatlarga asossiz ayblovlar qo‘yish o‘rniga o‘zining yadro siyosatiga chuqurroq nazar tashlashni taklif qilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya yadro

Baholaganlar

205

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing