AQSH Afg‘onistondagi vaziyatga e’tiborini kuchaytiradi
Olam
−
25 yanvar 2021 5529 1 daqiqa
AQSHning yangi ma’muriyati Vashington va “Tolibon” radikal harakati o‘rtasida tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning “TOLOnews” telekanali Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘aniga tayanib xabar qildi.
Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar toliblar bilan tuzilgan shartnomani tezlik bilan ko‘rib chiqmoqda. Shundan so‘ng, Vashington rasmiylari ushbu shartnoma asosida qo‘shma yo‘l xaritasini ishlab chiqish uchun Kobul bilan batafsil maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Afg‘oniston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Prezident Jo Bayden Oq uyga kelishi bilan Kobul va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilgan.
Live
Barchasi