AQSH Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022
4934Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. Mazkur ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSHning Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xannik bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Amerika muloqotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.
“Elchi O‘zbekiston Rahbariyatining Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga yuksak baho berdi. Shuningdek, Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalasida O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar Afg‘onistonda milliy yarashuvga imkon qadar tezroq erishish, shuningdek, mamlakatning yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlarini bajarish zarurligi to‘g‘risida kelishib olgan.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi