AQSH aeroportida yo‘lovchi samolyot yonib ketdi (video)

Olam

image

AQSHning Kolorado shtatidagi Denver xalqaro aeroportida American Airlines kompaniyasining Boeing 737 Max yo‘lovchi samolyoti bortida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muammo parvoz vaqtida yuzaga kelgan. Mayamiga qarab ketayotgan samolyotning qo‘nish moslamasida to‘satdan yong‘in yuz bergan.

Samolyot bortida olti nafar ekipaj a’zosi va 173 yo‘lovchi bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar zudlik bilan samolyotdan evakuatsiya qilingan. Favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi yengil tan jarohati olgan, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida yo‘lovchi tashuvchi An-24 samolyoti halokatga uchragan edi. Bortdagi 43 nafar yo‘lovchi, jumladan 2 nafar bola, shuningdek 6 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Mayami American Airlines Denver Boeing 737 Max

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing