AQSH Adliya vazirligi Google’ni bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda 

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi Google monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi uchun kompaniyani majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda OS Android va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Thye New York Times” nashri xabar berdi. 

AQSH Adliya vazirligi o‘tgan haftada Google’ni qidiruv tizimlari va onlayn reklama bozorida monopolist, deb tan olganidan so‘ng kompaniyani bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, agar bu reja amalga oshsa, kompaniya OS Android bo‘limi va Chrome brauzerini ajratishi kerak bo‘ladi. Yana boshqa taxminlar esa Google’ni o‘z ma’lumotlarini raqobatchilari bilan bo‘lishishga majburlash, shuningdek, Apple va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan Google’ni standart qidiruv tizimi sifatida o‘rnatishga majbur qiladigan bitimlardan voz kechish zaruriyatini ko‘rsatadi. 

Bundan tashqari, vazirlik kompaniyadan matnli reklamalarni tuzishda qo‘llaniladigan Google AdWords tizimi sotuvini talab qilishi ham mumkin. 

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat turli kompaniyalar va ekspertlar bilan Google ustunligini cheklash bo‘yicha takliflarini muhokama qilmoqda. Google vakillari esa vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi. 

Ma’lumot uchun, kompaniya cheklovchi va raqobatga qarshi choralar ko‘rish orqali onlayn qidiruv va reklama bozorida monopoliyani noqonuniy ushlab turishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, kompaniyaning Android qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuvlari asosida boshqa qidiruv tizimlarini oldindan o‘rnatish hamda reklama qilish taqiqlanadi. Bu esa boshqa qidiruv xizmatlariga bozorda samarali raqobatlashish imkonini bermaydi.

Maftuna Madaminova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing