AQSH 20 yil davom etgan afg‘on urushida kuniga 300 million dollar sarflagan
Olam
−
19 avgust 2021
10944AQSH tarixida eng uzoq davom etgan Afg‘onistondagi yigirma yillik urushda kuniga bir necha yuz million dollar sarflangan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yuqori vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
“AQSH har kuni Afg‘onistonda 300 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarfladi”, deydi u respublikadagi vaziyat bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qo‘mitalari yig‘ilishida.
Shunday qilib, shtatlarning kontingentini mamlakatda ushlab turish uchun jami ikki trillion dollardan oshiq mablag‘ sarf qilingan.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, qilingan xarajatlar o‘zini oqlamagan va natijalar ancha kamtar ko‘rinishda. Afg‘onistonda hokimiyat almashishi mamlakat uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham haqiqiy halokatga aylandi, deya qo‘shimcha qilgan u.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining yuqori vakili sodir bo‘lgan voqea barcha uchun, shu jumladan “Tolibon”ga ham kutilmagan hodisaga aylanganini qayd etgan.
AQSH uzoq vaqt o‘ylab Prezident Bayden davrida Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshladi. Mamlakatni bir kuch tark etishi fonida boshqa bir kun — “Tolibon” faollashdi va birin-ketin mamlakat hududlarini egallab ola boshladi. Joriy yilning 15 avgust kuni mamlakat poytaxti Qobul egallangach Afg‘oniston Islom Respublikasi quladi, Prezident Ashraf G‘ani esa mamlakatni tark etdi.
Hokimiyatga toliblar kelganidan keyingi dastlabki kunlarda Qobul aeroportida tartibsizlik hukm surdi: odamlar diplomatik xodimlarni mamlakatdan olib ketayotgan xorijiy samolyotlarga hujum qildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bir necha kishi samolyot bortidan yiqilib vafot etgan.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi