AQSH husiylarning Yamandagi dronlariga zarba berdi
Olam
−
07 mart
3289Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.
Qo‘mondonlikning bildirishicha, dronlar mintaqadagi savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga bevosita xavf tug‘diradi. Tafsilotlari oshkor etilmagan hujum kecha, 6 mart kuni kechqurun tashkillashtirilgan.
"Ushbu harakatlar navigatsiya erkinligini himoya qilish va AQSH dengiz floti va savdo kemalari uchun xalqaro suvlar xavfsizligini oshirish uchun amalga oshirilmoqda", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 mart kuni Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan kemaga qarshi ballistik raketa zarbasi oqibatida Adan ko‘rfazida suzayotgan tijorat kemasidagi uch ekipaj a’zosi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi