AQSH husiylar masalasida Xitoydan yordam so‘ragan – FT

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoydan Eronni Qizil dengizdagi tijoriy kemalarga hujum qilayotgan husiylarga ta’sir o‘tkazishga undashni so‘radi, ammo Pekindan arzirli javob bo‘lmadi. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, “Financial Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi uch oy ichida Qo‘shma Shtatlar yuqori martabali xitoylik amaldorlardan Eronga Yaqin Sharqdagi keskinlikni kuchaytirmaslik va husiylarni jilovlash haqida ogohlantirish berishni bir necha bor so‘ragan. 

“Bu masalani AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan, uning o‘rinbosari Jonatan Finer va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy tomoni bilan muhokama qildi”, deb yozadi gazeta.

Ammo, AQSH rasmiylarining aytishicha, Xitoyning Eronga qandaydir yo‘l bilan ta’sir o‘tkazishga uringani haqida Pekinning Qizil dengizda kemalar xavfsiz o‘tishiga chaqirgan bayonotidan boshqa dalillar kam.

Ma’lumot uchun, husiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumlariga javoban AQSH Yamandagi nishonlarga sakkiz marta zarba bergan, xususan, ikki marta Buyuk Britaniya bilan qo‘shma operatsiya o‘tkazgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yamandagi husiylar vakili harakat Qizil dengizdagi Rossiya, Xitoy yoki Germaniya kemalariga hujum qilish niyatida emasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Xitoy husiylar Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made