AQSH hukumatining ishi qayta boshlanishi mumkin
Olam
−
10 noyabr 2025 2377 2 daqiqa
AQSH Senati hukumatning to‘xtab qolishini (“shatdaun”) tugatish va uning ishini tiklash uchun qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Hujjat uchun 60 senator ovoz bergan, 40 nafari qarshi chiqqan. Endi bu hujjat Vakillar palatasiga yuboriladi. U yerda ham qabul qilingach, AQSH Prezidenti Donald Tramp uni imzolashi kerak bo‘ladi. Jarayon bir necha kun davom etishi mumkin.
“Politico” nashrining yozishicha, bu hujjat yangi byudjet rejasining asosiga aylanishi kerak. Unda bir qator muhim idoralarni butun moliyaviy yil davomida moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oziq-ovqat va dori vositalari ustidan nazorat boshqarmasi, Veteranlar ishlari bo‘yicha idora, harbiy qurilish loyihalari va Kongress faoliyati uchun mablag‘ ajratiladi. Qolgan davlat tuzilmalari esa 30 yanvargacha vaqtinchalik moliyalashtiriladi.
AQSHdagi hukumat ishi to‘xtashi 1 oktyabr kuni boshlangan va hozir 40 kundan beri davom etmoqda. Bu mamlakat tarixidagi eng uzun muddatli hukumat to‘xtashi bo‘ldi. Hukumat faoliyatining to‘xtab qolishiga demokratlar va respublikachilar o‘rtasida Obamacare dasturi doirasidagi subsidiyalar hamda Medicaid dasturini moliyalashtirish borasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. Oldingi rekord ham Trampning Prezidentlik davrida kuzatilgan edi – u 35 kun davom etgan va 2019 yilning yanvarida yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Transport vazirligi hukumat ishining rekord darajada uzoq vaqt to‘xtab qolishi tufayli mamlakatdagi 40 ta yirik aeroportda reyslar sonini 10 foizga qisqartirgandi.
Live
Barchasi